AQSH Kongressi Jo Baydenni qo‘shma shtatlar prezidenti etib saylanganini rasman tasdiqladi. Tarafdorlari AQSH Kongressi binosiga bostirib kirgan Donald Trapm hokimiyatni «batartib» holda topshirishni va’da berdi.
Jo Baydenning AQSH Kongressidagi g‘alabasini tasdiqlash yig‘ilishida Tramp tarafdorlari binoga bostirib kirishdi. Tartibsizlik va otishma natijasida bir kishi vafot etdi, bir necha politsiya xodimi jarohatlandi. Shaharda payshanba ertalabigacha komendantlik soati e’lon qilindi.
Jo Bayden rafiqasi bilan koronavirusga qarshi emlandi. Vaksinatsiya jaryoni jonli efirda namoyish etildi.
Jo Bayden 306 ta saylovchining ovozini qo‘lga kiritdi va bu AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasini tasdiqladi. Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlardan so‘ng mag‘lubiyatini tan olmadi.
AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z shtabiga hukumatni topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini aytdi. GSA rahbari Emili Myorfi Jo Bayden shtabiga AQSH ma’muriyati uning g‘alabasini tan olishga tayyor ekanligini anglatuvchi murojaat yubordi.
Prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan Jo Bayden prezident ma’muriyati tarkibiga kirishi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Evril Xeyns AQSH milliy razvedkasini boshqaradigan birinchi ayol va Kubada tug‘ilgan Alexandro Mayorkas esa Milliy xavfsizlik departamentini boshqaradigan ilk lotinamerikalik bo‘lishi mumkin.
CNN, AP, The New York Times va NBC Jo Bayden AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alabani qo‘lga kiritganini yozmoqda. U AQSHning eng keksa va 46 prezidenti bo‘ladi. Bayden hisobida 284 ta, Trampda esa — 214 ta saylovchilar ovozi mavjud.
3 noyabr kuni AQSHda prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Prezidentlik uchun respublikachilar partiyasidan bo‘lgan amaldagi prezident Donald Tramp va demokratlar nomzodi Jo Bayden kurashadi. Saylov jarayoni qanday kechadi, kimning ovozlari ahamiyatga ega, kim g‘olib bo‘ladi va qaysi shtatlar qanday nomzodlarga ovoz beradi — ushbu savollarga Illinoys universiteti doktoranti Ikromjon To‘xtasunov oydinlik kiritadi.
AQSHda prezidentlikka nomzodlar Donald Tramp va Jo Bayden o‘rtasida ilk debatlar bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar COVID-19 pandemiyasi, iqtisodiyot va irqchilikni muhokama qilishdi. Tomonlar bir-birlariga gap bermasdan, bir-birini yolg‘onchilikda ayblashdi.
AQSH vitse-prezidentligiga Demokratik partiyasidan Kamala Xarris nomzod sifatida tasdiqlandi. Avvalroq Jo Bayden uni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlaganini e’lon qilgan edi. Kamala Xarris 2017 yildan Kaliforniya senatori bo‘lib kelmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting